«Neftchi» Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi
Oʻzbekiston chempioni 1-turda Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubini kichik hisobda magʻlub etdi.

«Neftchi» Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini gʻalaba bilan boshladi
OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida asosiy bosqich bahslari start oldi.
Oʻzbekiston chempioni «Neftchi» oʻz maydonida Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar ustunlikni qoʻlga oldi, biroq raqib darvozasi faqat bir bor ishgʻol qilindi. Gʻalaba golida legionerlar muhim rol oʻynadi. 83-daqiqada ivuarlik Koffi Kouao toʻpni chap qanotdan jarima maydoniga uzatganida, serbiyalik Zoran Marushich bosh bilan aniq zarba berdi.
«Neftchi» keyingi oʻyinini 12-oktabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga qarshi oʻtkazadi.
«Neftchi» (Oʻzbekiston) - «Al-Quvva Al-Javiya» (Iroq) 1:0
Gol: Zoran Marushich (83)
Bosh hakam: Odil Al-Naqbiy (BAA)
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Abror Ismoilov (Bilolxon Toshmirzayev 46), Nurmuhammad Abdugʻaniyev, Stipe Peritsa (Xurshid Gʻiyosov, 72), Alisher Odilov, Yan Sasse (Zoran Marushich, 56), Farruh Sayfiyev, Koffi Kouao, Fransisko Jurani
«Al-Quvva Al-Javiya»: Muhammad Mejbel, Ruslan Al-Darrajiy, Muslim Al-Hamadaniy, Said Ahmad, Mohanad Al-Jebur, Alharis Al-Said (Mujtaba Suvaydiy, 63), Muhammad Algʻadab (Haysam Juiniy, 83), Abbos Hasan, Saad Abdulamir, Tvisila Kisinda (Murod Sube, 63), Ali Saad Jabbor (Mozes Orkuma, 72)
Ogohlantirishlar: Stipe Peritsa (59), Said Ahmad (59), Muslim Al-Hamadaniy (63), Bilolxon Toshmirzayev (81)

