Sport

«Neftchi» OChLda «An Nasr»ga yutqazdi

Ronaldu 981-golini urdi, fargʻonaliklar ikkinchi boʻlimning katta qismida bir kishi kam boʻlib oʻynadi.

«Neftchi» OChLda «An Nasr»ga imkoniyatni boy berdi

Elit OChL. 2-tur

«An Nasr» – «Neftchi» 3:1

Gollar:

Angelo (33), Ronaldu (42), Gʻofurov (78, avtogol) — Odilov (51).

«An Nasr»

: Bento, Bushal, Simakan (Sharari, 72), Martines, Aman, Koshta, Angelo, Feliks, Mane (Al Hamdan, 81), Koman (Ayman 13, Al Haybari 78), Ronaldu.

«Neftchi»

: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Anvar Gʻofurov, Michel Augusto (Ratinio, 70), Koffi Kuao, Ibrohimxalil Yoʻldoshev (Farrux Sayfiyev, 46), Ikrom Aliboyev, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov (Asilbek Jumayev, 63), Yan Sasse (Alisher Odilov, 46), Markus Forss (Stipe Peritsa, 63).

Ogohlantirishlar:

Yoʻldoshev (17), Gʻofurov (30), Martines (45+3), Forss (45+3).

Chetlatish:

Aliboyev (65).

12-oktabr kuni OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasining 2-turida Oʻzbekiston chempioni «Neftchi» Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida «An Nasr»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida mezbonlar ikki bor gol urib, hisobni qulay holatga olib keldi. Xususan, Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 981-golini qayd etdi.

Ikkinchi boʻlim boshida zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov raqib himoyasidagi qoʻpol xatodan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi va bahsga intriga qaytardi. Biroq ko‘p o‘tmay fargʻonaliklar yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev maydon markazida qoʻpol harakati uchun qizil kartochka olib, jamoasini ogʻir vaziyatda qoldirdi.

Qolgan daqiqalarda mehmonlarda hisobni tenglashtirish imkoniyati boʻlmadi, mezbonlar esa Gʻofurovning avtogoli evaziga farqni yana oshirdi — 3:1.

Shu tariqa, «Neftchi» ikki turdan soʻng 3 ochko bilan umumiy jadvalda 7-oʻrinda bormoqda (dastlabki turda Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubi 1:0 hisobida magʻlub etilgandi).

Birinchi turda BAAning «Al Ayn» klubiga yirik hisobda (0:4) yutqazgan «An Nasr» esa dastlabki ochkolari hisobiga 8-oʻringa joylashdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.