Texnologiya

NASA Oyga qaytiş oldidan murakkab sinov ötkazadi

NASA «Artemida III» missiyasi doirasida SpaceX’ning Starship va Blue Origin’ning Blue Moon apparatlarini Yer orbitasida sinovdan ötkaziş rejasini taqdim etdi. Astronavtlar Orion kemasida har ikki apparat bilan tutaşadi, biroq faqat Blue Moon bortiga ötadi.

NASA Oyga qaytishdan oldin murakkab sinov o‘tkazadi

Agentlik vakillari Floridadagi Kennedi kosmik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida parvoz bosqichlari haqida ma’lumot berdi. NASA’ning «Artemida» dasturi rahbari Jeremi Parsons bu jarayon agentlik amalga oshirgan eng murakkab uchirish kampaniyalaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Missiyada NASA’ning Space Launch System (SLS) raketasi, SpaceX’ning Starship tizimi va Blue Origin’ning New Glenn raketasi ishtirok etadi. Ularning barchasi Floridadagi kosmodromlardan uchirilishi rejalashtirilgan.

Avval Blue Moon, keyin astronavtlar uchiriladi

Rejaga ko‘ra, dastlab New Glenn raketasi Blue Moon qo‘nish modulini past Yer orbitasiga olib chiqadi. Keyin SLS raketasi Orion kemasini «Artemida III» ekipaji bilan uchiradi.

Ekipaj tarkibiga NASA astronavtlari Rendi Bresnik, Andre Duglas va Frenk Rubio, shuningdek, Yevropa kosmik agentligi vakili Luka Parmitano kiritilgan.

SLS Orion’ni avval balandligi taxminan 29 kilometrdan 1806 kilometrgacha o‘zgarib turadigan elliptik orbitaga chiqaradi. Shundan so‘ng kema o‘z dvigatellari yordamida taxminan 555 kilometr balandlikdagi orbitaga o‘tadi.

Bu bosqichda kemaning harorat rejimini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Orion uzoq kosmosga parvozlar uchun yaratilgani sababli, past Yer orbitasida uning issiqlik muvozanatini saqlash murakkabroq bo‘ladi.

Astronavtlar Blue Moon ichidagi tizimlarni tekshiradi

Parvozning dastlabki ikki kunida ekipaj Orion va uning tizimlarini tekshiradi. Uchinchi kuni kema taxminan 439 kilometr balandlikda Blue Moon bilan uchrashishi va tutashishi kerak.

Keyingi ikki kun davomida astronavtlar lyukni ochib, qo‘nish moduliga o‘tadi. Ular haroratni boshqarish, hayotni ta’minlash va ichki muhitni nazorat qilish tizimlarini sinaydi. Shuningdek, apparat germetik bo‘linmada zarur bosimni saqlay olishi tekshiriladi.

Ekipaj favqulodda vaziyatlardagi harakatlarni va o‘zaro tutashgan ikki kemani boshqarishni ham mashq qiladi. Parvozni boshqarish markazlarining bunday operatsiyalarga tayyorligi baholanadi.

Starship bilan tutashuv ikki soat davom etadi

Blue Moon bilan sinovlar tugagach, taxminan missiyaning oltinchi kuni Starship uchiriladi. Uning burun qismiga maxsus tutashuv adapteri o‘rnatiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.