Namangandan Hindistonga tilla olib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Ular 1,1 mlrd so‘mlik oltinni yashirishda o‘zlarining ichki organlaridan «jonli konteyner» sifatida foydalangan.

Namangandan Hindistonga tilla olib chiqmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinning Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir chog‘ida «Namangan – Dehli» yo‘nalishi bo‘yicha Hindistonga jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida ular o‘z ichki organlaridan «jonli konteyner» sifatida foydalanib, jami og‘irligi 555 gr bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari hamda 200 gr zargarlik buyumlarini yashirin tarzda xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

