Mahalliy

Namanganda yuk mashinasida yashirilgan 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlari aniqlandi

Qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasi tirkamasining pol qismi ostiga 10 turdagi pirotexnika buyumlari yashirilgan. Shuningdek, ushbu yashirin joydan 700 dona dori vositasi ham topilgan.

Namanganda yuk mashinasida berkitilgan 300 mingdan ziyod pirotexnika buyumlari topildi

Namangan viloyatida chegara orqali 301 462 dona pirotexnika buyumini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur holat viloyat bojxona boshqarmasining “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postida aniqlangan.

Qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtomobili inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Ko‘rik davomida transport vositasi tirkamasining pol qismi ostiga yashirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 turdagi jami 301 462 dona pirotexnika buyumi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent aeroportida 310 mln so‘mlik 20 ta iPhone’ni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etilgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.