Munira Aminova Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi
U tayinlovga qadar Buyuk Britaniyaning Qirollik qişloq xöjaligi universiteti bilan hamkorlikda Toşkent şahrida taşkil etilgan Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat körsatgan.

Munira Aminova Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Aminova Munira Abdugafurovna Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Munira Aminova mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, BMT, Xalqaro maʼmuriy fanlar instituti, Yevropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning oliy taʼlim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik lavozimlarida ishlagan.
U siyosiy fanlar doktori bo‘lib, Toshkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti va Bryussel Vrije universitetida taʼlim olgan.
2024-yildan buyon Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

