Mahalliy

Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi

Qudratxo‘jayevga Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan «Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda

Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayev bilan kuzatish marosimi o‘tkazildi

Prezident farmoniga binoan mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan general-mayor Botir Qudratxo‘jayev bilan kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari hamda tarkibiy xizmatlar rahbarlari qatnashdi.

Marosim davomida Botir Qudratxo‘jayevning ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i sifatidagi faoliyati sarhisob qilindi. Uning uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish, kiberxavfsizlikni ta’minlash, odam savdosiga barham berish hamda shu yo‘nalishlardagi ishlarni muvofiqlashtirishdagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari va ichki ishlar organlari tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun unga Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan «Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda general-mayor Botir Qudratxo‘jayevga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilanib, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatiga omadlar tilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.