Mahalliy

Timur Ismailov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Timur Ismailov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan. IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev 2025-yil noyabrida ishdan olingandi, u sud qilinmoqda.

Timur Ismailov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga asosan, polkovnik Timur Kamalitdinovich Ismailov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

U ushbu tayinlov munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, IIV rahbarining avvalgi birinchi o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev 2025-yil noyabrida lavozimidan chetlatilgan edi.

26-yanvar kuni esa uning va Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunovning hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 186 milliard so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilingan. Davlat rahbari Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini ta’kidlagan.

28-iyul kuni sudda Bekmurod Abdullayev, Rustam Tursunov va yana 28 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlanadi. Keyinroq sud yopiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.