Iqtisodiyot

Mirziyoyev har bir elchiga oyiga kamida bittadan investor jalb qilishni topshirdi. Video

Mirziyoyev har bir elchiga har oyda kamida bittadan investor jalb qilishni topshirdi. Video

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston elchilari oldiga har oy mamlakatga kamida bittadan investor jalb qilish vazifasini qoʻydi. Bu haqda u Yangi Toshkent loyihasiga yangi investitsiyalarni jalb qilish haqida gapirganda aytib oʻtdi.

Davlat rahbari Yangi Toshkentga mablagʻ kiritayotgan tadbirkorlarga alohida munosabatda boʻlish va oʻz loyihalarini amalga oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish kerakligini taʼkidladi.

"Biz buni kim uchun qilyapmiz? Tadbirkorlar uchun. Nima uchun? Yoʻlimizni yengillashtirish, daromadlarni oshirish va sizlar uchun sharoit yaratish uchun", — dedi Mirziyoyev.

Yangi Toshkentda noturar joy obʼyektlari qurilishiga 50 million dollardan ortiq sarmoya kiritadigan investorlarga bir qator imtiyozlar beriladi. Xususan, davlat "yashil qurilish" sertifikatlarini olish xarajatlarini toʻlab beradi, shuningdek, har bir investorga shaxsiy menedjer biriktiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.