Iqtisodiyot

Yangi Toshkent va «Shirin» massiviga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

Davlat rahbari e’lon qilingan imkoniyatlar qog‘ozda qolib ketmasligi kerakligini ta’kidladi. Buning uchun sarmoyadorlarga yer uchastkalari,

Yangi Toshkent va «Shirin» massiviga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

Yangi Toshkent loyihalariga xorijiy sarmoyadorlar qiziqishini kuchaytirish va ularni aniq takliflar orqali jalb etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Dastlabki 50 ta lot belgilangan bo‘lib, ularning joylashuvi, loyiha imkoniyatlari, iqtisodiy hisob-kitoblari hamda taqdim etiladigan yengilliklarni o‘z ichiga olgan takliflar paketi elchilarga yetkaziladi.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga chet ellik sarmoyadorlarni Yangi Toshkentdagi investitsiya imkoniyatlari bilan kengroq tanishtirish vazifasi yuklatildi. Vazirlar esa xorijiy hamkorlar va yirik kompaniyalar bilan har bir uchrashuvda loyiha taqdimotini o‘tkazib, ularni qo‘shma loyihalarda qatnashishga taklif etishi kerak.

Davlat rahbari e’lon qilingan imkoniyatlar faqat qog‘ozda qolib ketmasligi lozimligini ta’kidladi. Buning uchun sarmoyadorlarga yer uchastkalari, iqtisodiy hisob-kitoblar va amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan tayyor takliflar berilishi zarur.

Shuningdek, Prezident Samarqand shahridagi «Shirin» massivining qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatdi. Biroq massivdagi ishlar sust ketayotgani tanqid qilindi. Tadbirkorlarga atigi 19 gektar yer ajratilgan, qolgan maydonlar esa bo‘sh turibdi.

Massivni shahar markazi bilan bog‘laydigan ko‘prik 1-sentyabrgacha foydalanishga topshirilishi kerak edi. Shuningdek, viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini ko‘chirish ishlari hali boshlanmagan. Davlat idoralarining o‘zi yetarlicha faollik ko‘rsatmayotgani tadbirkorlarning sarmoya kiritish haqidagi qarorlariga salbiy ta’sir qilayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan Yangi Toshkent uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar «Shirin» massiviga ham tatbiq etiladi. Bu yerda ham investorlarga aniq loyihalar, iqtisodiy jihatdan asoslangan takliflar va faoliyat yuritish uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etilishi lozim.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.