Iqtisodiyot

Yangi Toshkentda tadbirkorga yer ajratishdan tortib, loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda tadbirkorga yer ajratishdan tortib, loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon qayta ko‘rib chiqilishi zarur ekanini ta’kidladi. U eskicha talablar, cho‘ziladigan ruxsat jarayonlari va ayrim idoralar hamkor o‘rniga nazoratchidek ish tutishi loyihalarga to‘siq bo‘layotganini qayd etdi.

Yangi Toshkentda tadbirkorga yer ajratishdan boshlab loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Yangi Toshkentda tadbirkorga yer ajratishdan tortib, loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni qayta ko‘rib chiqish zarurligini Shavkat Mirziyoyev investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvda ta’kidladi.

“Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas”, — dedi prezident.

Qayd etilishicha, bu hudud zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatishni o‘ziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerak. Biroq hozirgacha ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Investorlarga berilgan 28 ta lotda hali faol qurilish boshlanmagan. Davlat rahbari buni sarmoyadorlarda mablag‘ yoki xohish yo‘qligi bilan izohlash to‘g‘ri emasligini aytdi. Eskicha talablar, cho‘ziladigan ruxsat jarayonlari va ayrim idoralarning hamkor o‘rniga nazoratchi sifatida ish tutishi loyihalarga to‘sqinlik qilmoqda.

“Investor esa kutmaydi. U ko‘mak va kafolat sezmasa, mablag‘ini boshqa bozorga yo‘naltiradi”, — dedi mamlakat rahbari.

Shu bois, tadbirkorga yer ajratishdan tortib, loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Hozir Yangi Toshkentda yerga talab ortib bormoqda. Bir gektarning o‘rtacha qiymati 2024-yilda 10 milliard so‘mga yetmagan bo‘lsa, hozir 19 milliard so‘mga chiqqan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.