Mahalliy

Mirmansur Mirxamidov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Mirmansur Mirxamidov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i bo‘ldi. Bungacha u ushbu departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mirmansur Mirxamidov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Mirmansur Mirshaxidovich Mirxamidov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

U ayni paytda vazirlikning Tezkor-qidiruv departamentiga ham rahbarlik qiladi.

Avgust oyida Mirmansur Mirxamidov O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotlash haqidagi prezident farmonida tilga olingan edi. Hujjatda u IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.

22-avgustdagi farmon bilan Mirxamidov “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Bungacha ushbu lavozimni 2026-yil 28-yanvardan buyon Botir Qudratxo‘jayev egallab kelayotgandi.

U 12-oktabr kuni mudofaa vaziri etib tayinlandi.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga 2025-yil martida ushbu lavozimga tayinlangan Aziz Tashpulatov rahbarlik qilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.