Mahalliy

Nu’mon Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Nu’mon Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Tarmoqlarda Nu’mon Usmonovich Muhammadiyevning adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, Muhammadiyev Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori etib tayinlangan.

Nu’mon Muhammadiyev 2025-yil mart oyida tayinlangan edi. U tayinlovdan oldin 2023-yildan buyon Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6-maydagi farmoni bilan Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlarini tashkil etish belgilangan edi. “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.