Layfstayl

Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun ziyonmi?

Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun ziyonmi?

O‘tgan asrning 50-yillarida yaratilgan mikroto‘lqinli pechlar ovqatni isitish, go‘shtni eritish kabi ko‘plab uy yumushlarini yengillashtirdi. Shunga qaramay, ayrimlar bu texnika xavfsizligidan hanuz xavotirda.

AQSHning Klivlend klinikasi diyetologi Peyj Uelsh mikroto‘lqinli pechlardan oziq-ovqat va ichimliklarni isitishda foydalanish salomatlik uchun xavfsiz ekanini tushuntirdi.

Mikroto‘lqinlar — past chastotali nurlanishning bir turi bo‘lib, ular ionlashtiruvchi bo‘lmagan to‘lqinlar sifatida tasniflanadi. U saratonga olib kelmaydi, oziq-ovqatlarni radioaktiv nurlantirmaydi va DNKni o‘zgartirmaydi. Bu turdagi nurlanish uyali telefonlar, televizorlar va lampochkalarda ham mavjud.

Mutaxassisning izohiga ko‘ra, rentgen nurlarida ishlatiladigan ionlashtiruvchi nurlanish yuqori dozalarda hujayralarga zarar yetkazishi mumkin, biroq mikroto‘lqinlardan keladigan ionlashtiruvchi bo‘lmagan nurlanish molekulyar tuzilmani o‘zgartirmaydi va sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi.

Mikroto‘lqinli pech magnetron deb ataladigan qurilma yordamida ishlaydi. U elektr energiyasini mikroto‘lqinli energiyaga aylantiradi. Oziq-ovqat mikroto‘lqinli pechga qo‘yilganda, bu energiya ovqatdagi suv molekulalarini tebratadi. Mazkur tebranishlar oziq-ovqat tuzilishini o‘zgartirmasdan issiqlik hosil qiladi. Bunday energiya miqdori odamga zarar yetkazishi uchun sezilarli darajada past.

Agar mikroto‘lqinli pech shikastlangan bo‘lsa, uning ichida chuqurchalar, yoriqlar mavjud bo‘lsa yoki bo‘yoq qismi ko‘chgan bo‘lsa, unda texnika zararli bo‘lishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.