Dunyo

Meksikadagi festivalda mushaklar portlashi ortidan kamida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Meksikadagi festivalda mushaklar portlashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Meksikaning Mexiko shtatidagi Santa-Mariya-Kanchesda qishlog‘ida 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan festivalda mushaklar portlashi natijasida kamida 10 kishi vafot etdi, yana 60 dan ortiq odam tan jarohati oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bayram ishtirokchilari ichidan mushaklar otilib turgan somon ho‘kiz shaklini ko‘tarib yurgani ko‘rinadi. AFP xabariga ko‘ra, bu bayram mahalliy marosimning bir qismi bo‘lgan.

Ho‘kizdan otilayotgan mushaklar qishloq cherkovidagi mushaklar saqlanadigan katta omborga o‘t ketishiga sabab bo‘lgan. Portlashdan so‘ng devorlar qulab tushgan va shahar maydonida yong‘in chiqqan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, odamlar qulagan devor qoldiqlari ostida qolib ketgan.

Qo‘shni Atlakomulko munitsipaliteti yeparxiyasi ikki nafar rohib jarohat olganini, biroq ularning hayoti xavf ostida emasligini bildirdi.

“Halok bo‘lganlar, ularning oilalari va yaqinlari, shuningdek, jarohat olganlar hamda bugun qayg‘u va xavotirni boshdan kechirayotgan barcha insonlar uchun birgalikda ibodat qilamiz”, deyiladi yeparxiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.

Meksika Bosh prokuraturasi portlash sabablari hozircha aniqlanmaganini va tergov boshlanganini ma’lum qildi. Meksikada avval ham mushaklar bilan bog‘liq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Masalan, 2018-yil iyul oyida Tultepek shahridagi mushak fabrikasida yuz bergan portlashda 24 kishi halok bo‘lgan edi. Undan ikki yil oldin esa shu shahardagi bozorda mushak portlashi ortidan 42 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Mushaklar AQSH mustaqilligi kuni munosabati bilan otilgan, samolyotda 60 ga yaqin odam bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.