Meksikada mashhur qo‘shiqchining butun oilasi qirib tashlandi
Tergovchilar qotillikning asosiy nazariyasi sifatida sheriklar o‘rtasidagi moliyaviy mojaroni ko‘rib chiqmoqdalar.

Meksikada mashhur qo‘shiqchining butun oilasi o‘ldirildi
Uning homilador rafiqasi, uch yoshli qizi, enagasi va iti ham hayotdan ko‘z yumgan.
CNN ma’lumotiga ko‘ra, politsiya allaqachon ikki gumonlanuvchini qo‘lga olgan, ulardan biri musiqachining do‘sti va biznes sherigi hisoblanadi.
Qotillik 2-sentyabr kuni kechasi Mexiko shtatidagi Zona Esmeralda mahallasida yuz bergan. Qo‘shnilar qichqiriqlar va o‘q ovozlarini eshitib, politsiyaga murojaat qilishgan. Huquq-tartibot xodimlari jinoyat joyidan to‘rt kishining jasadini va o‘q tekkan itni topgan. Melendes oilasining olti yoshli o‘g‘li ham kvartirada tirik, jarohatsiz holatda aniqlangan. Jinoyatchilar kuzatuv kameralari yordamida aniqlangan. 3-sentyabr kuni musiqachining do‘sti va biznes sherigi, Melendes bilan birga mulkka egalik qilgan hamda uni Airbnb orqali ijaraga bergan Diyego Sebastian hibsga olingan. Ikkinchi gumonlanuvchi Gerardo N. bo‘lib, politsiya uning Diyego Sebastianning qotillik rejasini amalga oshirishiga yordam bergan deb hisoblaydi.
Tergovchilar qotillikning asosiy sababi sifatida sheriklar o‘rtasidagi moliyaviy kelishmovchilikni ko‘rib chiqmoqda. Bu taxminni qotillikdan bir necha soat oldin Jonatan Melendes yaqin do‘stlaridan birini biznes sherigi bilan og‘ir uchrashuv o‘tkazishi haqida ogohlantirgani va agar u uzoq vaqt javob bermasa, politsiyaga xabar berishni so‘ragani ham kuchaytiradi. Hozircha ikkala erkak ham ko‘rsatma berishdan bosh tortgan. Meksika musiqa hamjamiyati va Camilo Septimo guruhi a’zolari jabrlanuvchining oila a’zolari hamda do‘stlariga hamdardlik bildirgan.

