“Mamlakatingizga ravnaq, farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga baxt-saodat, tinchlik va osoyishtalik tilayman” — Si Szinpin

Si Szinpin: "Mamlakatingizga ravnaq, farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga baxt-saodat, tinchlik va osoyishtalik tilayman"
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va butun Oʻzbekiston xalqiga tabrik maktubi yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati 31-avgust kuni maʼlum qildi.
Maktubda taʼkidlanishicha, oʻtgan 35 yil mobaynida Oʻzbekiston sezilarli yutuqlarga erishganidan Xitoy tomoni chin dildan xursand. Si Szinpin ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni "har qanday sharoitdagi har tomonlama strategik sheriklik" deb baholadi.
"Oʻtgan yili biz siz bilan ikki marotaba uchrashib, Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarni belgilab oldik. Men davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga alohida eʼtibor qarataman va ikki mamlakat xalqlarining farovonligi yoʻlida Xitoy-Oʻzbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etishni ilgari surish borasida siz bilan birgalikda saʼy-harakat qilishga tayyorman. Mamlakatingizga ravnaq va farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga esa baxt-saodat, tinchlik va osoyishtalik tilayman", — deyiladi Si Szinpinning tabrik maktubida.
Avvalroq, ushbu bayram munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp tomonidan yuborilgan tabriklar ham eʼlon qilingan edi.

