Siyosat

AQSH prezidenti O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston xalqini Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati 31-avgust kuni maʼlum qildi.

Tabrikda Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqiga samimiy tilaklar bildirilgan. Unda AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklikning kengayib borayotgani alohida taʼkidlangan.

"Ushbu shonli sana Oʻzbekistonning boy tarixi va yuksak madaniyatini yana bir bor yodga olish uchun muhim va ayni muddao boʻlgan fursatdir. Oʻzbekiston muhim va manzilli islohotlarni amalga oshirayotgani sari strategik sherikligimiz ham izchil ravishda kengayib, rivojlanib bormoqda", deyiladi maktubda.

Donald Trampning qayd etishicha, oʻtgan yilda ikki davlat oʻrtasida chegaralar xavfsizligini taʼminlash, savdo va investitsiyalar, energetika hamda mintaqaviy bogʻliqlikni kengaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan.

"Qoʻshma Shtatlar hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini oʻrganar ekan, ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlashdan umidvordir. Mustaqillik bayramini nishonlar ekansiz, sizga va Oʻzbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman", deb yozilgan tabrik maktubida.

Shuningdek, Mustaqillik kuni munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham tabrik xati yoʻllagan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.