Dunyo

Makka viloyatida navbatdagi dron urib tushirildi

Saudiya Arabistoni yemenlik husiylar muqaddas shahar tomon yana bir dron uchirganini maʼlum qildi. Husiylar ayblovlarni rad etmoqda.

Makka yaqinida navbatdagi dron urib tushirildi

Saudiya Arabistoni 30 oktyabr kuni yamanlik husiylar Makka shahri yoʻnalishida uchirgan dronni tutib olganini maʼlum qildi. Javob tariqasida husiylar bepilotchi uchoqni muqaddas shahar tomon yoʻnaltirmaganliklarini bildirishdi.

Arab koalitsiyasi vakili Turki al-Malkining aytishicha, dron Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi husiylarga tegishli boʻlgan. Bundan oldin koalitsiya qirollik gʻarbida qanotli raketani ham tutib olgan edi.

Husiylar vakili Yahyo Saria oʻz bayonotida Makkaga qarshi hech qanday operatsiyalar oʻtkazilmaganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, guruh faqat Saudiya Arabistonining neft obʼyektlari va harbiy bazalariga zarbalar bermoqda.

Bu Makka tomon dron uchirilgani haqidagi birinchi holat emas. Sentyabr oyida ham shaharga yoʻnaltirilgan bepilotchi uchoq urib tushirilgan edi. Qirollik apparat husiylarga tegishli ekanini bildirgan, biroq Yaman guruhi bu maʼlumotlarni ham rad etgan edi. Turki al-Malki oʻsha hodisani 2017 yil iyul oyida ballistik raketa uchirilganidan keyin Makkaga hujum qilishga boʻlgan ikkinchi urinish deb atagan. Ushbu voqealardan soʻng bir qator mamlakatlar, jumladan Oʻzbekiston muqaddas shaharga qilingan hujumlarni keskin qoralagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.