O‘zbekiston Makka shahriga yo‘naltirilgan dron hujumini qoraladi
Keskinlikni kamaytirish, mojaroni tarqalishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni

O‘zbekiston Makka shahriga qaratilgan dron hujumini qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podshohligidagi muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparati yordamidagi hujumga urinishni keskin qoraladi. Bu haqda TIV bayonotida ma’lum qilindi.
"Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz.
Barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiramiz", deyiladi rasmiy bayonotda.
Keskinlikni pasaytirish, mojaroning kengayib ketishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bildirildi.
Avvalroq Saudiya tomoni Yamandagi husiylar guruhi Makka shahri tomon dron uchirgani haqida bayonot bergandi.

