Husiylar Saudiya poytaxtiga raketa va dronlar bilan hujum qildi
Yaman husiylari 19-sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «nozik» obyektlarga raketa va dronlar bilan hujum qilganini aytdi. Eʼlondan bir necha soat avval shaharning bosh aeroporti – «Shoh Xolid» yaqinida olov va ulkan tutun ustuni koʻzga tashlangandi.

Husiylar Saudiya poytaxtiga raketa va dronlar bilan zarba berdi
Yaman husiylari 19-sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «nozik» obyektlarga raketa va dronlar bilan hujum qilganini maʼlum qildi. Husiylar Ar-Riyodda aynan qaysi obyektlar nishonga olinganini ochiqlamadi. Bu bayonotdan bir necha soat oldin shaharning asosiy aeroporti — «Shoh Xolid» yaqinida olov va ulkan tutun ustuni ko‘ringan edi.
AFP jurnalisti kuzatuviga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar Shoh Xolid aeroporti yonidagi omborda «Aramco» logotipi tushirilgan sisternadagi yong‘inni o‘chirgan. Biroq Saudiya rasmiylari zarar miqyosi haqida hech qanday izoh bermadi. FlightRadar24 aeroportda ko‘plab reyslar bekor qilingani va kechiktirilganini bildirdi. Keyinroq harakat asta-sekin tiklangan.
Shuningdek, husiylar Qizil dengiz bo‘yidagi Yanbu shahrida joylashgan «Aramco» obyektiga ham hujum qilganini aytdi. Ularning taʼkidlashicha, bu operatsiya Yaman poytaxti Sanoda amalga oshirilgan havo hujumiga javoban uyushtirilgan.
Husiylarga ko‘ra, Saudiya so‘nggi bir hafta ichida ular nazoratidagi hududlarga qariyb 300 ta, jumladan so‘nggi sutkada 26 ta zarba bergan.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya shanba tongida havo mudofaasi kuchlari husiylar Ar-Riyodga uchirgan raketani yo‘q qilganini maʼlum qildi.

