«Mahsuldorlik kulti: nima uchun dam olganimiz uchun aybdorlik his qilamiz va erta yoshdan toliqish (vigoraniye) qayerdan paydo boʻladi?»
Bizning davrimizda hamma bizga rivojlanishimiz, yangi koʻnikmalarni egallashimiz, oldimizga maqsadlar qoʻyishimiz va ularga erishishimiz kerakligini uqtiradi. Hatto hordiqni ham odamlar foyda bilan oʻtkazishga harakat qilishadi, masalan: kitob oʻqish, rivojlantiruvchi rolikni koʻrish yoki oʻz-zini rivojlantirish bilan shugʻullanish. Sekin-asta shuurimiz dam olish yoki hech narsa qilmaslik — bu yomon narsa, deb oʻylay boshlaydi. Hatto […] paydo boʻladi

«Mahsuldorlik kulti: nega biz dam olish uchun oʻzimizni aybdor his qilamiz va erta yoshdan oʻzini tugatish (vigoraniye) qayerdan paydo boʻladi?»
Bizning davrimizda bizga doimo rivojlanishimiz, yangi koʻnikmalarni egallashimiz, oldimizga maqsadlar qoʻyib, ularga erishishimiz kerakligini uqtirishadi. Hatto dam olishni ham odamlar foyda bilan oʻtkazishga harakat qilishadi: masalan, kitob oʻqish, rivojlantiruvchi rolik tomosha qilish yoki oʻz-oʻzini rivojlantirish bilan shugʻullanish. Ohista-sekin shuur ostimiz dam olish yoki harakatsizlikni yomon narsa deb oʻylay boshlaydi. Xuddi nimanidir oʻtkazib yuborayotgandek va bu hayotda hech narsaga ulgurmayotgandek tuygʻu paydo boʻladi. Lekin nega biz oʻzimizga bir oz hordiq chiqarishga ijozat berganimizda aybdorlikni his qila boshlaymiz?
Men bu muammo hali bolalikdan boshlanadi deb hisoblayman. Bola maktabga chiqqanida, undan allaqachon yaxshi baholar va oʻzlashtirish, namunali xulq-atvor hamda katta muvaffaqiyatlar kutishadi. Ota-onalar farzandlarining aqlli, odobli boʻlishini va kelajakda katta maqsadlarga erishishini xohlashadi. Bir tomondan, bu yaxshi, chunki ota-onalar oʻz farzandiga eng yaxshi narsalarni tilaydi. Boshqa tomondan esa, ular bu shunchaki bola ekanligini unutishadi: u ham charchashi, darhol eplay olmasligi, xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin. Masalan, agar oʻquvchi besh baho olsa, uni maqtashadi, uch baho olganida esa, uni boshqalar bilan solishtirishni va boshqalar undan koʻra muvaffaqiyatliroq ekanini hamda u yetarlicha yaxshi emasligini aytishni boshlashadi. Natijada bola uni faqat yaxshi natija uchun qadrlashadi deb oʻylay boshlaydi. Va u har doim aqlli, qobiliyatli va maqtovga loyiqligini isbotlashga tushadi. Vaqt oʻtishi bilan bu muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqishga aylanishi mumkin. Inson arzimas xato sababli ham tashvishlana boshlaydi va atrofdagilarning ishonchini oqlolmaslikdan qoʻrqadi. Maktabdan soʻng koʻpchilik universitetga kiradi, u yerda yanada koʻproq majburiyatlar va tashvishlar boshlanadi. Sinovlarni topshirish, imtihonlarga tayyorlanish, barcha fanlardan yaxshi oʻzlashtirish va shu bilan birga oʻqishni bitirgach kim boʻlishing haqida oʻylash kerak boʻladi. Va baʼzida bir daqiqani ham boy berish mumkin emasdek tuyuladi, chunki muhim imkoniyatlarni oʻtkazib yuborishing mumkindek tuyulaveradi.
Mahsuldorlikka boʻlgan munosabatimizga ijtimoiy tarmoqlar ham katta taʼsir koʻrsatadi. Har kuni biz oʻz goʻzal hayotini koʻrsatayotgan odamlarni koʻramiz: kimdir oʻz biznesini ochadi, kimdir butun dunyo boʻylab sayohat qiladi, kimdir eng nufuzli universitetga oʻqishga kirgan. Boʻlakning muvaffaqiyatiga qaraganda, beixtiyor oʻzingni boshqalar bilan solishtira boshlaysan.
Atrofdagi hamma katta muvaffaqiyatlarga erishayotgandek, sen esa bir joyda depsinib turgandek tuyuladi. Lekin biz ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining faqat muayyan bir qismini koʻrsatishini, biz tanganing faqat bir tomonini koʻrishimizni unutamiz. Hech kim oʻz koʻz yoshlarini, charchogʻini, muvaffaqiyatsizliklarini joylamaydi, shuning uchun oʻz hayotingizni instagramdagi toʻqib chiqarilgan rasm bilan solishtirmaslik kerak.
Albatta, bu oʻz maqsadingizdan voz kechishingiz va oʻz ustinggizda ishlashni toʻxtatishingiz kerakligini anglatmaydi. Aksincha, rivojlanish inson uchun juda muhim: yangi koʻnikmalarni oʻrganish, yangi narsalarni tadqiq qilish va oʻz dunyoqarashini kengaytirish. Lekin hamma narsada chegara boʻlishi kerak va inson oʻzini majburlab mukammal boʻlishga hamda imkonsiz narsalarga erishishga urinmasligi lozim.

