Kuvaytlik mutaxassislar Qoraqalpog‘istonda qariyb 200 ta bepul jarrohlik amaliyotini bajardi
Tibbiy yordam kardiologiya, onkologiya, oftalmologiya va boshqa qator yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Kuvaytlik mutaxassislar Qoraqalpog‘istonda qariyb 200 ta bepul jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi
Qoraqalpog‘istonda “Al-Amal” tibbiyot guruhi hamda “Shayx Abdulla an-Nuri” jamiyati mutaxassislari ishtirokida xayriya tibbiyot missiyasi yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu missiya doirasida 36 nafar kuvaytlik shifokor 317 dan ortiq bemorni bepul ko‘rikdan o‘tkazgan va 187 ta murakkab jarrohlik amaliyotini bajargan. Tibbiy xizmatlar kardiologiya, onkologiya, ginekologiya, plastik jarrohlik, oftalmologiya, ortopediya va umumiy jarrohlik kabi 7 ta yo‘nalishda ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 4,2 million dollarni tashkil qiladi. Shundan 3,9 million dollari tibbiy xizmatlarga, 300 ming dollari esa zarur jihozlar hamda sarflash materiallariga yo‘naltirilgan.
Mazkur tadbir xayriya dasturining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Uning birinchi bosqichi 2025-yil 29-aprel—5-may kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shanda 420 nafar bemorga bepul tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 36 ta operatsiya bajarilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda Kegeyli, Qonliko‘l va To‘rtko‘l tumanlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ambulator reabilitatsiya markazlarini tashkil etish loyihalari muhokama qilingan.
Shifokorlar homilani ona qornidayoq operatsiya qilib, uning oʻpkasidagi oʻsimtani zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada bola sog‘lom tug‘ilgan.

