Qoraqalpogʻistonning ikki tumanida shifokorlar ish haqiga 200 foizgacha ustama oladilar
1 yanvardan boshlab Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov va Taxtakoʻpir tumanlaridagi shifokorlar ish haqiga 200 foizgacha ustama oladilar. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududga tashrifi chogʻida maʼlum qilindi. Hozirda bunday toʻlovlarni Moʻynoqda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari olmoqda. Ushbu chora chekka hududlarda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, hududda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar roʻyxati kengaytirilmoqda. […]

Qoraqalpogʻistonning ikki tumanida shifokorlar ish haqiga 200 foizgacha ustama oladigan boʻladi
1 yanvardan boshlab Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov va Taxtakoʻpir tumanlaridagi shifokorlar ish haqiga 200 foizgacha ustama ola boshlaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududga tashrifi chogʻida maʼlum qilindi.
Hozirgi vaqtda bunday toʻlovlarni Moʻynoqda ishlayotgan tibbiyot xodimlari olmoqda. Ushbu chora chekka hududlarda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, hududda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar roʻyxati kengaymoqda. Nukus markaziy shifoxonasida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda.
Orolboʻyi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologiyali yordam koʻrsatilmoqda. Yil boshidan buyon Qoraqalpogʻistonda 1,5 mingta murakkab operatsiya oʻtkazildi.
Bundan tashqari, hududda tibbiy sugʻurta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalari 10 million dollarlik asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.
Nukusda davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot ilmiy akademiyasi tashkil etildi. Akademiya, klinikalar va yangi koʻp tarmoqli shifoxona negizida universitet tibbiyot klasteri shakllantiriladi.

