Mahalliy

Boʻzatov va Taxtakoʻpirga borib ishlaydigan shifokorlarga 200 foizgacha oylik ustama toʻlanadi

Bu 2027-yil 1-yanvardan joriy etiladi. Ayni vaqtda Moʻynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga shunday oylik ustama toʻlanmoqda.

Boʻzatov va Taxtakoʻpirga borib ishlaydigan shifokorlarga 200 foizgacha oylik ustama toʻlanadi

Yigʻilishda Qoraqalpogʻistonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlar hajmi ham kengayayotgani qayd etildi. Maʼlum qilinishicha, Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi bajarilmoqda. Orolboʻyi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yoʻnalishlarda 1,5 mingta operatsiya amalga oshirilgan.

Hududda tibbiy sugʻurta mexanizmi joriy etilgan. Tibbiyot muassasalariga 10 mln dollarlik jihozlar yetkazib berilgan.

Oʻzbekistonda ilk bor xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz boʻlishi aytildi. Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan koʻp tarmoqli shifoxona yagona tizimga birlashtirilib, Universitet tibbiy klasteri tuziladi.

Shuningdek, Moʻynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga berilayotgan 200 foizgacha oylik ustama 1-yanvardan Boʻzatov va Taxtakoʻpirda ham tatbiq etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.