Mahalliy

Kosonsoy hokimi örinbosari uyiga quyoş paneli örnatiş uçun 65 mln söm olganida uşlandi

Namangan viloyatida Kosonsoy tumani hokimining örinbosari tadbirkordan öz xonadoniga quyoş panellari örnatiş uçun 65 mln söm olgan vaqtida uşlandi. DXX xabariga köra, u tadbirkorga ijaraga berilgan yerni boşqa şaxsga olib beriş bilan tahdid qilgan.

Kosonsoy hokimi o‘rinbosari uyiga quyosh paneli o‘rnatish uchun 65 mln so‘m olganida ushlandi

Xabarda aytilishicha, hokim o‘rinbosari mansab vakolatini suiiste’mol qilib, mahalliy tadbirkordan o‘zining yashash xonadoniga 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan. Aks holda, hokimlik tomonidan tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boshqa tadbirkorga olib berish bilan qo‘rqitgan.

Mansabdor quyosh panellarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun 65 mln so‘mni o‘z xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.