Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida 210 ming dollar evaziga hokim lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.
Bildirilishicha, fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirgan va go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 210 ming AQSH dollari evaziga uni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgan.
U kelishilgan puldan 100 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

