Mahalliy

25 kishidan suv uchun pul olgan sobiq nazoratchiga jinoyat ishi ochildi

«Buxoro suv taʼminoti» AJ boʻlimining sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv isteʼmoli uchun deb olgan 100 dollar va 17,8 mln soʻmni ularning qarzdorligini toʻlashga yoʻnaltirmay, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. Holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

25 kishidan suv uchun pul olgan sobiq nazoratchi ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv jarayonida «Buxoro suv taʼminoti» AJ boʻlimining sobiq nazoratchisi Sh.S. 25 nafar fuqarodan goʻyoki suv isteʼmoli uchun toʻlov sifatida 100 AQSH dollari va 17,8 mln soʻm olgani maʼlum boʻldi.

Departament maʼlumotiga koʻra, sobiq nazoratchi ushbu mablagʻlarni fuqarolarning suv isteʼmolidan kelib chiqqan qarzdorligini yopishga yoʻnaltirmagan. Aytishlaricha, u pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.