KinoTest: “Erin Brokovich”, “Qochoq kelin” kabi filmlarni bir ko‘rishda taniysizmi?
“Notting Hill”, “Ye, ibodat qil, sev” va “Mona Liza tabassumi” singari filmlarda suratga tushgan Juliya Roberts 28-oktabrda 59 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta “Oskar” sovrindorining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: “Erin Brokovich”, “Qochoq kelin” kabi filmlarni bir qarashda taniysizmi?
Juliya Roberts 1967-yil 28-oktabrda AQShning Smirna shahrida dunyoga kelgan. U kinodagi yo‘lini epizodik rol bilan boshlab, 1988-yilda ekranlarga chiqqan “Mistik pitssa” (“Mystic Pizza”) filmidan keyin keng tanilgan.
Aktrisa 1989-yilda suratga olingan “Temir gullar” (“Steel Magnolias”) uchun “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1990−1999-yillar oralig‘ida esa u “Sohibjamol” (“Pretty Woman”), “Do‘stimning to‘yi” (“My Best Friend’s Wedding”), “Notting Hill”, “O‘gay ona” (“Stepmom”) va “Qochoq kelin” (“Runaway bride”) kabi filmlarda turli obrazlarni yaratgan.
“Erin Brokovich” filmidagi ijrosi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan aktrisa “Oushenning do‘stlari” (“Ocean's Trilogy”) franshizasida, shuningdek, “Ye, ibodat qil, sev” (“Eat, Pray, Love”) filmida ham rol o‘ynagan.
Bundan tashqari, u “Mo‘'jiza” (“Wonder”), “Mona Liza tabassumi” (“Mona Lisa Smile”), “Jannatga chipta” (“Ticket to Paradise”), “Benni qaytarish” (“Ben is Back”) kabi kinolarda ham ishtirok etgan.

