KinoTest: Uill Smitning filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?
“Baxt ortidan quvib”, “Qora libosli odamlar” va “Men afsonaman” singari kinolarda suratga tushgan Uill Smit 2026-yilning sentabrida 58 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyoradi.

KinoTest: Uill Smitning filmlarini bir qarashda taniysizmi?
Uill Smit 1968-yil 25-avgustda AQShning Filadelfiya shahrida tug‘ilgan. 1900-yili “Beverli-hillzlik shahzoda” teleserialida qatnashgan aktyor 1995−1998-yillarda “Yomon yigitlar” (“Bad Boys”), “Mustaqillik kuni” (“Independence Day”), “Qora libosli odamlar” (“Men in Black”), “Davlat dushmani” (“Enemy of the State”) kabi filmlarda suratga tushgan. 2001-yilda afsonaviy bokschi haqidagi “Ali” nomli kinoda rol o‘ynagach, uning ishtirokidagi “Qora libosli odamlar” hamda “Yomon yigitlar”ning ikkinchi qismining premerasi bo‘lib o‘tgan. 2004-yilda “Men robotman” (“I Robot”), 2006−2007-yillari esa “Baxt ortidan quvib” (“The Pursuit of Happyness”), “Men afsonaman” (“I am Legend”) filmlari taqdim qilingan.
Shuningdek, “Hitch uslubi” (“Hitch”), “Oloviddin” (“Aladdin”) singari filmlarda ishtirok etgan aktyor 2022-yilda — “Qirol Richard” (“King Richard”) filmidagi roli uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.

