Layfstayl

KinoTest: “Uch savdoyi” va “Do‘st bo‘lib qolamizmi?” kabi hind filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?

“Goho shodlik, goho g‘am”, “Qoyilmaqom juftlik” va “Ajnabiy” singari filmlarda suratga tushgan Karina Kapur 21-sentabrda 46 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktrisaning kinolari asosida test tayyorladi.

KinoTest: “Uch savdoyi” va “Do‘st bo‘lib qolamizmi?” kabi hind filmlarini bir qarashda taniy olasizmi?

1980-yilda tug‘ilgan Karina Kapurning ilk filmi 2000-yilda — “Qochqin” (“Refugee”) bo‘lgan. 2001-yilda u izma-iz “Sevgi jozibasi” (“Mujhe Kucch Kehna Hai”), “Yoqimli xotiralar” (“Yaadein”), “Imperator” (“Asoka”), “Ajnabiy” (“Ajnabee”) va “Goho shodlik, goho g‘am” (“Kabhi Khushi Kabhie Gham”) filmlarida suratga tushgan.

Shundan so‘ng u “Do‘st bo‘lib qolamizmi?” (“Mujhse Dosti Karoge!”), “Qidiruv” (“Talaash: The Hunt Begins”), “Men Premning ma’shuqasiman” (“Main Prem Ki Diwani Hoon”) hamda “E'tiroz” (“Aitraaz”)da ishtirok etgan. 2006−2010-yillarda esa uning qatnashuvidagi “Omkara”, “Don”, “Uch savdoyi” (“3 Idiots”), “Biz uchrashganda” (“Jab We Met”) va “Qurbon” (“Kurbaan”) nomli filmlar namoyish etilgan.

Karina Kapur, bundan tashqari, “Pinhona” (“Chup Chup Ke”), “Qoyilmaqom juftlik” (“Kambakkht Ishq”), “Tansoqchi” (“Bodyguard”) va “Chunki — bu taqdir” (“Kyon Ki”) kabi filmlarda ham turli rollarni ijro etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.