KinoTest: Keyt Uinsletning filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?
“Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi”, “Titanik” va “Kitobxon” singari filmlarda suratga tushgan Keyt Uinslet 5-oktabrda 51 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Gazeta “Oskar” sovrindorining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: Keyt Uinsletning filmlarini bir qarashda taniysizmi?
Keyt Uinslet 1975-yil 5-oktabrda Angliyaning Reding shahrida tug‘ilgan. Avvaliga reklama roliklari va televideniyeda ko‘ringan aktrisaning kinodagi ilk ishi 1994-yilda — “Samoviy maxluqlar” (“Heavenly Creatures”) bo‘lgan. 1995-yilda Jeyn Ostinning asari asosida ekranlashtirilgan “Aql va tuyg‘u” (“Sense and Sensibility”)da, keyingi yili esa “Jud” va “Gamlet”da rol o‘ynagan.
1997-yilda kinoprokatda katta muvaffaqiyat qozongan “Titanik”da bosh qahramonlardan birini gavdalantirgan. 2001−2004-yillarda “Enigma”, “Ayris” (“Iris”), “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi” (“Eternal Sunshine of the Spotless Mind”) filmlarida suratga tushgan.
“Dorian Grey”, “Ta'tillar almashganda” (“The Holiday”) hamda “Stiv Jobs” kabi filmlarda turli obrazlarni yaratgan aktrisa, shuningdek, “Divergent”, “O‘zgarish yo‘li” (“Revolutionary Road”) va “Qasoskor tikuvchi” (“The dressmaker”) singari ko‘plab filmlarda ham ishtirok etgan. U “Kitobxon” (“The Reader”) filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

