Iqtisodiyot

Kechroq pensiyaga chiqqanlarga koʻproq pul berish tizimi yaratilishi mumkin

Yuqori daromad oluvchilar 6 oy kech pensiyaga chiqqanda ularga bugungi kundagi qiymat boʻyicha oyiga 277 ming soʻmgacha yoki 8 foiz, 12 oy kech chiqqanda esa oyiga 554 ming soʻmgacha yoki 15 foizga koʻproq pul berilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi tartib 2028-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.

Kechroq pensiyaga chiqqanlarga ko‘proq mablag‘ berish tizimi joriy etilishi mumkin

Pensiyaga chiqishni 6 yoki 12 oyga kechiktirgan fuqarolarni moliyaviy rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Qayd etilishicha, yuqori daromaddan ijtimoiy soliq to‘layotgan va pensiya yoshida ham mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida 2028-yil 1-apreldan boshlab birinchi marta pensiya tayinlashda ish haqining yuqori chegarasini:

- pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;

- pensiya 6 oy kechiktirib tayinlanganda — pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 14 baravarigacha;

- pensiya 12 oy kechiktirib tayinlanganda — pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravarigacha oshirish taklif qilinmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, pensiya hisoblash bazaviy miqdorining (2026-yil 1-iyuldan boshlab — 504 ming so‘m) 12 karrasidan (6 mln 48 ming so‘mdan) yuqori ish haqi hisobga olinmaydi. Muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasida esa maksimal miqdorni bugungi qiymat bo‘yicha 6 mln 552 ming so‘mgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shunda pensiyaga chiqish 6 oyga kechiktirilsa, hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 mln 56 ming so‘mgacha kengayadi. 12 oyga kechiktirilsa, bu chegara 7 mln 560 ming so‘m bo‘ladi.

Natijada hisoblanadigan maksimal miqdordan ko‘proq oylik oladiganlar pensiyaga 6 oy kech chiqqanda oyiga 277,2 ming so‘mgacha yoki 8 foizga, 12 oy kech chiqqanda esa oyiga 554,4 ming so‘mgacha yoki 15 foizga ko‘proq pul olishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.