Jaloliddin Masharipov Tehron derbisini maydonga tushishi mumkin — OAV

Jaloliddin Masharipov Tehron derbisida ishtirok etishi mumkinligi haqida OAV xabar bermoqda.
Eronning “Istiqlol” klubida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov 2-sentyabr, chorshanba kuni “Persepolis”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishi ehtimoli bor.
Masharipov 2026-yil 1-yanvarda “Sepaxon”ga qarshi uchrashuvda (73-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 90-daqiqada almashtirilgan) jarohat olgan va 31-yanvarda operatsiya qilingan edi. Uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolgani va individual tiklanish jarayoni cho‘zilgani sababli u 2026-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan.
Hozirda Masharipov sport formasini tiklab, “Istiqlol”ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. U Eron chempionatining dastlabki uchta o‘yinida qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, maydonga tushmagan. Futbolchi 4-tur doirasidagi “Fulad”ga qarshi bellashuvda esa umuman qaydnomaga kiritilmagan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi futbolchini “Persepolis”ga qarshi o‘yinga saqlash maqsadida unga dam berishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Eron chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Istiqlol” va “Persepolis” o‘rtasidagi uchrashuv 2-sentyabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da Isfaxondagi “Naqshi Jahon” stadionida boshlanadi. E’tiborli jihati shundaki, “Persepolis” safida yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Oston O‘runov va Igor Sergeyev to‘p tepadi.

