Sport

Superliga. “Andijon” safarda “Mash’al”ni mag‘lub etdi

Superliga. "Andijon" "Mash'al" ustidan mehmonda g'alaba qozondi.

O'zbekiston Superligasining 18-turida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Muborakning "Mash'al" jamoasi G'uzordagi "Markaziy" stadionida "Andijon" klubini qabul qildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona gol ikkinchi bo'lim boshida, aniqrog'i 53-daqiqada andijonlik futbolchi Po'latxo'ja Xoldorxonov tomonidan kiritildi va hisob 0:1 ko'rinishini oldi.

Uchrashuvning qolgan qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va "Andijon" jamoasi qulay hisobni ushlab qolib, safardan muhim 3 ochko bilan qaytdi.

Ushbu natijadan so'ng "Andijon"ning ochkolari soni 24 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. "Mash'al" esa 4 ochko bilan oxirgi o'rinda qolmoqda.

O'zbekiston Superligasi, 18-tur

"Mash'al" — "Andijon" 0:1

Gol: 0:1 — Xoldorxonov (53).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.