Dunyo

Istanbulda ikki oʻzbek ayolini oʻldirib, jasadlarini boʻlaklarga ajratgan qotillar umrbodga qamaldi

Istanbulda ikki oʻzbekistonlik ayolni oʻldirib, jasadlarini boʻlaklarga ajratgan va shaharning turli tumanlaridagi chiqindi qutilariga tashlagan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosiga ikki martadan ogʻirlashtirilgan umrbod qamoq jazosi berildi.

Istanbulda ikki oʻzbek ayolini oʻldirib, jasadlarini boʻlaklarga ajratgan qotillar umrbodga qamaldi

Istanbulning Umraniya tumanida oʻldirilgan 36 yoshli Durdona Hakimova va 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva ishi yuzasidan 11-sentabr kuni yakuniy sud majlisi oʻtkazildi. Qotillik qilib, jasadlarni shaharning turli tumanlaridagi chiqindi qutilariga tashlaganlikda ayblangan 31 yoshli Dilshod Turdimurotov va 29 yoshli Gʻofurjon Kamolxoʻjayevga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.

Sud har ikki ayblanuvchini “qasddan, vahshiylik hissi bilan yoki azob berib oʻldirish” jinoyati uchun ikki martadan ogʻirlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bundan tashqari, “shaxsning oʻlimidan foydalanib, turar joyda oʻgʻrilik qilish” jinoyati boʻyicha ulardan har biriga ikki martadan 7 yil, jami 14 yildan qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yil 24-yanvarida Istanbulda Oʻzbekiston fuqarosi Durdona Hakimovaning boshsiz tanasi chiqindi konteyneridan topilgan edi. Qotillikda gumon qilingan ikki nafar oʻzbekistonlik erkak Istanbul aeroportida qoʻlga olingan.

Tergov doirasida Durdona Hakimovaning oʻlimi yuzasidan hibsda boʻlgan Dilshod Turdimurotov va Gʻofurjon Kamolxoʻjayev bilan oʻtkazilgan suhbatlar natijasida Sayyora Ergashaliyeva ham 23-yanvar kuni oʻsha xonadonda oʻldirilgani maʼlum boʻlgan. Ularning jasadlari boʻlaklarga ajratilib, Istanbulning turli tumanlaridagi chiqindi qutilariga tashlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.