Inson va robot oktagonda jang qildi
Tarmoqlarda tarqalgan videoda robot blogerni bir zarba bilan yiqitgani aks etgan. Xabar qilinishicha, bir nechta ogʻir zarbalarni qabul qilgan blogerning qoʻli singan.

Inson va robot oktagonda to‘qnashdi
San-Fransiskoda «insonning robot-terminatorga qarshi ilk jangi” deb nomlangan voqea bo‘lib o‘tdi.
Bloger Frenki Lapenna bo‘yi 183 santimetrli odamsimon robotga qarshi jang qildi.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda robot blogerni bir zarba bilan yiqitgani ko‘rinadi. Xabarlarga ko‘ra, bir nechta og‘ir zarbalarni qabul qilgan blogerning qo‘li singan.
Mazkur jang REK (Robot Entertainment Kombat) kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Kompaniya robotlar jangini ko‘ngilochar sport turi sifatida rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Tashqi ko‘rinishi mashhur “Terminator”ni eslatuvchi EngineAI T800 nomli ushbu robotning narxi 100 000 dollar atrofida. Qayd etilishicha, REK janglarida qatnashadigan robotlar avtonom emas, ular operator tomonidan boshqariladi.

