Mahalliy

IIVga qarashli bogʻchalarda qurilish ishlarini olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi

Zangiota tumanida tadbirkorga 60 mlrd soʻmlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berish evaziga 100 ming AQSH dollari soʻragan uch nafar shaxs ushlandi. Ular kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

IIVga qarashli bogʻchalarda qurilish ishlarini olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan maʼlumotga koʻra, tezkor tadbir uning Zangiota tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan.

Bildirilishicha, uch nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, S.C. MCHJ rahbari M.N.ga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar vazirligiga qarashli toʻrtta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishni vaʼda qilgan.

Ular umumiy qiymati 60 mlrd soʻmlik ushbu ishlarni tashkil qilib berish uchun tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 28 va 211-moddalari — pora berishda ishtirokchilik boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.