I biz ham anqovlardan emasmiz
Qirgʻizistonda AQSh fuqarolari uchun viza yigʻimini joriy etish taklif qilindi

I biz ham anqov emasmiz
Qirgʻiziston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi Edil Baysalov «Azattiq» radiosiga bergan intervyusida AQSh fuqarolari uchun 100–200 dollar miqdorida viza yigʻimi joriy etishni taklif qildi.
Diplomatning tushuntirishicha, bunday chora Bishkekning Vashington tomonidan migratsiya siyosati kuchaytirilishiga koʻrsatadigan koʻzgudek (oʻxshash) javobi boʻlishi kerak. Baysalov respublikada mutlaqo har qanday keluvchidan xursand boʻlinadigan davrlar oʻtmishda qolganini taʼkidladi. Hozirgi vaqtda turistik oqim barqaror darajada saqlanib qolmoqda, shu bois bunday yigʻimning joriy etilishi unga zarar yetkazmaydi.
Garchi ushbu tashabbusning tez orada amalga oshishini kutish qiyin boʻlsa-da, taklifning oʻzi katta qiziqish uygʻotmoqda. Mohiyatan, elchi bunday qadam bilan AQSh bilan munosabatlarni haqiqiy tenglik tamoyillari asosida qurishni taklif qilmoqda, bu esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim pretsedent yaratadi.

