Dunyo

Zelenskiy: Ukraina Rossiya bilan ayrim masalalarda murosaga tayyor

**Zelenskiy: Ukraina Rossiya bilan ayrim masalalarda murosaga tayyor**

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat uchun nozik hisoblangan ayrim masalalarda Rossiya bilan murosaga borishga tayyor ekanini bildirdi.

Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina qaysi yo‘nalishlarda murosaga tayyorligi haqida to‘xtaldi.

“G‘alla, energetika — Ukraina va Rossiya uchun og‘riqli masalalar. Bugungi kunda ular butun dunyo, jumladan, Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Osiyo va ko‘plab boshqa davlatlar uchun ham muhim masaladir. Biz murosaga borishga tayyormiz”, dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy bu masalani muhokama qilishda har ikki tomonning harakatlarini hisobga olish zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Ukraina allaqachon ko‘plab murosalarga borgani va bu yo‘nalishda qadam tashlayotgan yagona tomon bo‘lib qolmasligi kerak.

Ukraina prezidenti keyingi qadamlar nafaqat Kiyevning yechim izlashga tayyorligiga, balki Rossiya tomonidan ham tegishli qadamlar qo‘yilishiga bog‘liqligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari AQSH prezidentining elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Moskvaga borib, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Shundan so‘ng ular Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda tomonlar urushni tugatish va keyingi muzokaralar masalalarini muhokama qildi. Biroq mojaroni yakunlash borasida hech qanday keskin burilish kuzatilmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.