Honda Super-One elektromobili Avstraliyada kutilmagan onlayn-xitga aylandi
Yaponiyaning Honda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Super-One kichik elektromobili Avstraliyada katta qiziqish uygʻotdi.

Honda Super-One elektromobili Avstraliyada kutilmaganda onlayn xitga aylandi. 2026-yil uchun ajratilgan 130 dona avtomobildan iborat dastlabki partiya to‘liq sotib bo‘lindi.
Modelning boshlang‘ich narxi 36 900 Avstraliya dollarini, ya’ni taxminan 306 mln so‘mni tashkil etadi. Bir marta quvvatlanganda 202 kilometrgacha yo‘l bosadigan elektromobil 70 kVt quvvatga ega.
Super-One retro uslubdagi dizayni, dumaloq faralari va ixcham o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Kompaniya haydashni yanada qiziqarli qilish uchun unga uzatmalar almashishini imitatsiya qilish hamda sun’iy motor ovozini chiqarish kabi funksiyalarni ham qo‘shgan.
Shu bilan birga, elektromobil nisbatan yuqori narxi va cheklangan yurish masofasi sababli uzoq safarlar uchun emas, asosan shahar ichida foydalanishga mo‘ljallangan.

