Audi elektromobillar orasida yurish zaxirasi boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi
Audi A6 e-tron elektromobili qoʻshimcha quvvatlashsiz yurish masofasi boʻyicha rekord oʻrnatdi. Audi A6 Sportback e-tron quvvatlanmasdan 1338 km masofani bosib oʻtdi. Bu model uchun eʼlon qilingan maksimal 776 km yurish masofasidan ancha koʻpdir.

Audi elektromobillar orasida yurish zaxirasi bo‘yicha yangi rekord qayd etdi
Audi elektromobillar orasida yurish zaxirasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Ralli bo‘yicha Yevropa chempioni Miko Marchik Audi A6 Sportback e-tron akkumulyatorining bir martalik quvvati bilan 1338 km masofa bosib o‘tdi. O‘rtacha energiya sarfi 100 km ga 7,09 kVt·soatni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, ushbu modelning aralash siklda e’lon qilingan yurish masofasi 681 dan 776 km gacha. Marchikning aytishicha, sinov safari Polsha bo‘ylab umumiy foydalanishdagi yo‘llarda, ba’zan tig‘iz paytda va tirbandliklarda o‘tgan.
Rekord safarda orqa o‘qida bitta elektr motori bo‘lgan A6 Sportback e-tron Performance versiyasi ishlatilgan. Uning quvvati 362 ot kuchi, aylantiruvchi lahzasi esa 565 N·m. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 210 km/soatni tashkil etadi.
Oldingi rekordni 2025-yilda Lucid Air Grand Touring 1205 km masofani bosib o‘tib o‘rnatgan edi.
Ushbu natija tufayli Marchik ham ichki yonuv dvigatelli, ham elektr kuch qurilmasiga ega avtomobillar bo‘yicha Ginnes rekordlari sohibiga aylandi. 2025-yilda u Skoda Superb avtomobilida bitta yonilg‘i bakida bosib o‘tilgan maksimal masofa bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi. O‘shanda u 100 km ga o‘rtacha 2,6 l yonilg‘i sarflab, 2831 km yo‘l bosishga muvaffaq bo‘lgandi.

