Dunyo

Hindistonda yolg‘iz keksalar uchun pulli suhbat xizmati paydo bo‘ldi

Mumbayda yolg‘iz yashovchi keksalar 26–42 dollar evaziga birga choy ichadigan, suhbatlashadigan yoki sayrga chiqadigan hamroh yollashi mumkin.

Hindistonda yolg‘iz keksalar uchun pulli suhbat xizmati yo‘lga qo‘yildi

Hindistonda keksalarga suhbatdosh va hamroh topib beradigan pulli xizmat ish boshladi.

BMT prognozlariga ko‘ra, 2020–2050-yillar oralig‘ida dunyo bo‘yicha 60 yoshdan oshganlar soni ikki baravar oshib, 2,1 milliardga yetadi. Hindistonda esa aholining 21 foizini, ya’ni har besh kishidan birini keksalar tashkil etishi kutilmoqda.

Hindistonda katta oilalar soni qisqarib, yoshlar ota-onalaridan uzoqda yashay boshlagani sababli ko‘plab keksalar yolg‘iz qolmoqda. Ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari esa cheklangan. Shu bois mamlakatda keksalarning yolg‘izligini kamaytirishga qaratilgan yangi xizmatlar yaratilmoqda.

Masalan, Mumbayda yolg‘iz yashovchi keksa kishi 2500–4000 rupiy (26–42 dollar) evaziga o‘ziga hamroh yollashi mumkin. U bilan birga choy ichadigan, hikoyalarini tinglaydigan, sayrga yoki kinoga boradigan suhbatdosh topib beriladi.

Biroq mutaxassislarning aytishicha, bunday biznesdan daromad olish oson emas. Chunki oilalar odatda keksa qarindoshlarining ruhiy holatidan ko‘ra, tibbiy xizmatlariga ko‘proq pul ajratadi. Shunga qaramay, Hindistonda keksalar uchun shunga o‘xshash boshqa xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shahar hukumati keksa yoshdagi aholini qoʻllab-quvvatlash choralarini kuchaytirmoqda. Jumladan, asosiy pensiya miqdorini oshirish ko‘zda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.