Hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi
28-oktabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Haftaning qolgan kunlarida quruq va iqlim me’yoriga mos ob-havo saqlanib qoladi. Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi harorat +20 darajagacha ko‘tariladi.

Hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Shimoliy hududlar hamda cho‘l mintaqalarida ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +15…+20 daraja, shimolda esa +10…15 daraja atrofida bo‘ladi.
28-oktabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimol va sharqda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29−30-oktabr kunlari quruq va iliq ob-havo davom etadi.
Harorat ko‘rsatkichi iqlim me’yoriga mos bo‘ladi. Havo harorati kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja, shimolda esa kechalari −2…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol asosan sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. 28−30-oktabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari +18…+20 daraja, kechalari +8…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

