Mahalliy

Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

Shanba-yakshanba kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +15…+20, kechasi +3…+8, shimoliy hududlarda esa −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

23−25-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati asosan kechalari +3…+8, kunduz kunlari +15…+20 daraja bo‘ladi, shimoliy hududlarda esa kechalari −2…+3, kunduz kunlari +12…+17 daraja atrofida kuzatiladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida juma va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +5…+7 daraja atrofida, kunduz kunlari 23-oktabrda +19…+21, 24−25-oktabrda +17…+19 daraja bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.