Mahalliy

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yana salqinlashadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yana salqinlashadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati yana pasayishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 26–27-sentyabr kunlari mamlakat hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin pasayishda davom etadi.

Juma kuni kunduzi harorat 26-30 daraja, janubiy hududlarda 31-33 daraja bo‘lsa, shanba va yakshanba kunlari u asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha tushadi. Kechalari havo harorati 9-14 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26–27-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Juma kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25-sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari esa asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.