Mahalliy

O‘zbekistonga dam olish kunlari salqin havo kirib kelishi boshlanadi

Dam olish kunlaridan boshlab O‘zbekistonga salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" ma’lumotlariga ko‘ra, yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida biroz issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzgi harorat asosan 33-38 daraja atrofida, janubda esa ayrim joylarda 39-40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Avgust oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo massalari kirib kela boshlaydi va 31-avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi. 1-sentyabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, havo harorati 3-5 darajaga tushadi.

Bu kunlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida juma va shanba kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa vaqti-vaqti bilan 20-22 metr/sekundgacha yetishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 28-30-avgust kunlari 35-38 daraja, 31-avgustda 34-36 daraja, 1-sentyabrda esa 30-32 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 20-22 daraja, 1-sentyabrda esa 16-18 darajagacha pasayadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.