Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +5…+15 daraja, kunduz kunlari +18…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo saqlanadi
16−18-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq va iliq ob-havo davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati asosan kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+27 daraja bo‘ladi, shimoliy hududlarda esa 17−18-oktabrda kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja kuzatiladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda 16-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17−18-oktabrda ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +12…+14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16-oktabrda +24…+26 daraja, 17−18-oktabrda +22…+24 daraja bo‘ladi.

