Iqtisodiyot

Global IE biznes-maktabi ABB Bankining transformatsiya tajribasini oʻquv keysiga aylantirdi

Dunyoning eng nufuzli biznes-maktablaridan biri boʻlmish IE Business School’da ABB Bankining transformatsiyalanish tajribasini oʻquv keysi formatida oʻrganish boshlandi.

Global IE biznes-maktabi ABB Bankining transformatsiya tajribasini oʻquv keysiga aylantirdi

IE Business School professori Antonio Sabaleta Moreno (Antonio Zabaleta Moreno) tomonidan tayyorlangan keys «ABB Banki rivojlanishining yangi bosqichi: oʻsish koʻlami va trayektoriyasini tanlash» (ABB Bank’s next frontier: Choosing the scope and path of growth) deb nomlandi.

Unda talabalarga real biznes-misol formatida Bank tomonidan soʻnggi yillarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan strategik va raqamli transformatsiya jarayoni, ABB Bankiga Agile operatsion modelining joriy etilishi, texnologik yangilanish va sunʼiy intellektga asoslangan rivojlanish yoʻnalishlari taqdim etilgan.

Keys ABB Bankining 2016 yildagi murakkab vaziyatdan keng koʻlamli transformatsiya tufayli rivojlanishning yangi bosqichigacha boʻlgan yoʻlini, shuningdek, Bankning 2026–2028 yillarga moʻljallangan strategik maqsadlarini tavsiflaydi.

Materialni tayyorlashda professor Antonio Sabaleta Moreno ABB Banki transformatsiyasi natijalarini aks ettiruvchi aniq koʻrsatkichlardan foydalangan. Ulardan biri Bank mobil ilovasi foydalanuvchilari sonining besh yil ichida 16 baravar koʻpayishi boʻldi. Xususan, ABB mobile foydalanuvchilari soni 2020 yildagi taxminan 171 mingdan 2025 yilda 2,6 milliongacha oʻsdi. Ilova reytingi 1,2 dan 4,9 gacha koʻtarildi, ABB Banki mijozlarining raqamli kanallardan qoniqish koʻrsatkichi (NPS) esa 48 dan 77 gacha koʻtarildi.

Bank, shuningdek, Agile-transformatsiyani ham muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda ABB Bankida 14 ta Agile-yoʻnalish va 80 dan ortiq Agile-jamoa faoliyat yuritmoqda. Moslashuvchan yondashuvlarning joriy etilishi tufayli ABB Bankida yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorga chiqarish muddati 243 kundan 59 kungacha qisqardi.

Bank tomonidan 2019 yilda tashkil etilgan ABB Tech Academy-ni 1 113 dan ortiq bitiruvchi tamomladi, ularning 83 foizi ish bilan taʼminlandi.

Keysda ABB Banki rivojlanishining keyingi bosqichidagi asosiy yoʻnalishlar sifatida sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni keng joriy etish, raqamli imkoniyatlarni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish, shuningdek, Bankning lifestyle-hamkor sifatidagi pozitsiyasi doirasida mijozlarning kundalik hayotiga integratsiyalashgan xizmatlarni rivojlantirish koʻrib chiqiladi.

ABB Banki Boshqaruvi raisi Abbas Ibragimov shunday dedi:

«ABB Banki bosib oʻtgan transformatsiya yoʻli endi nafaqat Bank rivojlanishi tarixining bir qismi, balki xalqaro biznes-maktabda oʻrganilayotgan real boshqaruv tajribasiga aylandi. Bu natija ortida jamoamizning koʻp yillik qatʼiyati, oʻzgarishlarga ochiqligi va eng yaxshisini yaratishga intilishi turibdi. Bu biz uchun katta faxrdir».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.