Dunyo

Germaniyaning sara askarlari Rossiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlikni boşladi

Germaniyaning maxsus kuçlari Rossiya bilan ehtimoliy uruş ssenariysiga tayyorgarlikni kuçaytirmoqda. KSK jangçilari duşman ortida bir neça kun emas, balki uzoq vaqt davomida operatsiya olib borişga tayyorlanadi.

Germaniyaning sara askarlari Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlikni boshladi

Germaniyaning maxsus vazifalarni bajaruvchi kuchlari Rossiya bilan ehtimoliy urushga hozirlik ko‘rishni boshladi.

Jangchilar bir necha kunlik reydlar o‘rniga dala sharoitida ancha uzoq vaqt qolib ketishga tayyorlanmoqda.

«Biz asosiy dushman - Rossiyaga e’tibor qaratdik», - dedi harbiy xizmatchi nashrga va maxsus kuchlarning sara otryadi tayyorgarlikdan o‘tayotganini, uning doirasida uch kunlik amaliyotlardan ancha uzoqroq davom etadigan - jangchilar dushman ortida ancha uzoq vaqt qolib ketishiga to‘g‘ri keladigan operatsiyalarga o‘tish rejalashtirilayotganini so‘zlab berdi.

Gap Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda, NATO sharqiy qanotida jang olib borish sharoitlariga moslashish haqida bormoqda. Generalning so‘zlariga ko‘ra, dushman tanklar, artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari hamda radioelektron kurash (REK) vositalariga ega bo‘lishi, jangovar harakatlar esa qahraton sovuq sharoitida o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Kyunening aytishicha, rejaga binoan, KSK otryadi Germaniya Litvada joylashtirayotgan 45-zirhli tank brigadasidan oldinroq jangga kirishi kerak bo‘ladi. Generalning ta’kidlashicha, KSK Boltiqböyi davlatlaridagi o‘quv mashg‘ulotlari doirasida o‘z imkoniyatlarini allaqachon namoyish etgan va Rossiya ulardan xabardor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.